JSN Gruve - шаблон joomla Окна

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI                               
TASHQI MEHNAT MIGRATSIYA MASALALARI AGENTLIGI        

                 Call - markaz:  (+998 71) 200-00-61
                      Umumiy bo’lim: (+998 71) 214-30-76 
                        Yuridik bo’lim: (+998 71) 214-54-36

Koreya Respublikasida mehnat faoliyatni amalga oshirish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun QO‘LLANMA

 

Janubiy Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar koreys tili bo‘yicha  test sinovidan o‘tishlari talab etiladi. Ushbu talab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan “Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Memorandumga asosan joriy etilgan.

 

 

 

1) Koreys tili bo‘yicha test sinovida qatnashish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

 

 

 

a) yoshi 18 dan 39 yoshgacha bo‘lishi;

 

b) jismoniy mehnatga yaroqli bulishi;

 

v) jinoiy javobgarlikka tortilmagan bulishi;

 

g) Koreya Respublikasidan deportatsiya qilinmagan bo‘lishi;

 

d) O‘zbekiston Respublikasidan xorijga chiqishi chegaralanmagan bulishi zarur.

 

 

 

2) Test sinovida qatnashish istagini bildirgan fuqarolar ruxsatnoma olish uchun quyidagi xujjatlar asosida ro‘yxatga olinadilar:

 

 

 

a)      to‘ldirilgan maxsus ariza shakli;

 

 

 

qollanma_image1.jpg                                                                   

 

b) O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti va uning nushasi (2dona);

 

v) 3,5 X 4,5 hajmdagi fotosurat (3 dona);

 

g) to‘lovni amalga oshirganligi haqida bankning kvitansiyasi;

 

d) test to‘lovi bo‘yicha imzolangan majburiyat

 

 

 

qollanma_image2.jpg                                                                    

 

 

 

3) Koreys tili bo‘yicha test sinovida qatnashish uchun belgilangan to‘lov shartlari

 

 

 

Test sinovida qatnashish uchun ruxsatnoma berish kuni fuqaro tomonidan 24 (yigirma to‘rt) AQSH dollari miqdoridagi to‘lovning milliy valyuta – so‘mdagi ekvivalenti (to‘lov amalga oshiriladigan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning kursi bo‘yicha) maxsus ochilgan hisob raqamiga to‘lov amalga oshiriladi. To‘lov mablag‘i koreys tili bo‘yicha test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni qoplash uchun sarflanadi.

 

Fuqaro testda qatnashishni rad etgan takdirda, to‘lagan mablag‘ni ro‘yxatga olish jarayonida qaytarib olishi mumkin, lekin test bo‘lib o‘tgandan so‘ng va uning natijasidan qat’iy nazar test uchun to‘langan mablag‘ fuqaroga qaytarib berilmaydi.

 

 

 

4) Koreys tili bo‘yicha test sinovida qatnashish istagini bildirgan fuqarolarni ro‘yxatga olish

 

 

 

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolarning hujjatlarini qabul qilish va ro‘yxatga olish test sinovi o‘tkazish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali e’londa ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar qabul qilish joylarida hududlar bo‘yicha belgilangan taqsimotga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi va Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda va Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.

 

Test sinovida qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilish tugaganidan so‘ng fuqarolardan hujjatlar qabul qilinmaydi va testda qatnashish uchun ro‘yxatga olinmaydi. Hujjat topshirib, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarga testda qatnashish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma topshiriladi. Ro‘yxatga olingan fuqarolarga hujjat topshirilgan kuni test o‘tkaziladigan sana, aniq vaqti, test o‘tkazish joyi, hamda o‘zi bilan testga olib kelishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risida tushuntiriladi.

 

 

 

5) Ro‘yxatga olingan nomzodlar test sinovidan o‘tish uchun o‘zlari bilan quyidagi xujjatlarni olib kelishlari lozim:

 

 

 

- fuqarolik pasporti (ro‘yxatga olish jarayonida taqdim etilgan  pasport nusxasiga mos kelishi zarur);

 

- testga kirish uchun ruxsatnoma.

 

        qollanma_image3.jpg

 

 

 

Koreys tili bo‘yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tish fuqarolarga Koreya Respublikasida ishga joylashishni kafolatlamaydi. Bu faqatgina Koreyaning Erkin yollash tizimi bo‘yicha test sinovi bosqichidan o‘tishni anglatadi va fuqaroga Koreya Respublikasida ISH QIDIRUVCHI NOMZOD sifatida ro‘yxatga turish huquqini beradi.  

 

Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ma’lumotlarini Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatiga taqdim etiladi va nomzodni koreys ish beruvchisi tomonidan mazkur ma’lumotlar bazasi orqali ishga jalb etish uchun tanlab olingan har bir nomzodga alohida mehnat shartnomasi (shartnomada fuqaroning Koreya Respublikasining qaysi hududda mehnat qilishi, ishga yollayotgan firma yoki kompaniyaning faoliyat turi, manzili, telefon raqami, ish beruvchining ismi, sharifi, ish soati, oylik ish haqi mikdori va boshqa ma’lumotlar mavjud) Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga elektron shaklda yuboriladi. Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartnoma imzolangan fuqarolar ro‘yxatini Koreya Adliya vazirligiga taqdim etadi. Shu asosda Koreyaning vakolatli idorasi tomonidan nomzodlarga Koreyaga kirish huquqini beruvchi viza sertifikati rasmiylashtiriladi.

 

Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ma’lumotlari Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining ma’lumotlar bazasida ikki yil davomida saqlanadi va ushbu muddat tugaganidan sung, Koreya tomonidan fuqaroga oid ma’lumotlar bazadan chiqarib yuboriladi.

 

 

 

ESLATMA: KOREYA DAVLATINING ISH BERUVCHILARI TOMONIDAN TEST SINOVLARIDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TGAN NOMZODLARNI TANLAB OLISH JARAYONIDA TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASI MASALALARI AGENTLIGI ISHTIROK ETMAYDI VA BUNDAN KELIB CHIQQAN XOLDA AGENTLIK ULARNI KOREYAGA ISHGA YUBORISHNI KAFOLATLAMAYDI.

 

 

 

6) Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilishi zarur bo‘lgan asosiy masalalardan bu:

 

 

 

- viza sertifikati olgan fuqaro avval Koreya Respublikasida noqonuniy faoliyat yuritgan bo‘lsa;

 

- Koreya Respublikasidan majburiy ravishda chiqarib yuborilgan bo‘lsa;

 

- tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra nomzod nosog‘lom deb topilsa,

 

ushbu fuqarolar Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmaydi.

 

 

 

Fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga ishga borish masalasida yuzaga keladigan savollar va aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan masalalarda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining 8(371) 214-52-03 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari, hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining WWW.MIGRATION.UZ rasmiy veb-saytining bosh saxifasidan ma’lumot olishlari mumkin.

 

 

 

7) Koreya Respublikasi qonunchiligini buzgan fuqarolar

 

 

 

Uzbekiston Respublikasi fuqarolari avval Koreya Respublikasida noqonuniy ravishda (nolegal) bulib kelgan bulsa, shartnoma talablarini yoki ushbu davlatning boshqa bir ichki qonunchiligida kursatilgan tartib qoidalarni buzib ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar Koreya davlatining Adliya vazirligi tomonidan ushbu davlat xududiga kirishi ta’qiqlab quyiladi.

 

 

 

ESLATMA: Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talabiga binoan, ushbu davlatga ishga yuborilayotgan fuqarolar Koreya davlatida uz nomiga bankdan valyuta xisob raqami ochadilar va mehnat faoliyatini olib borish mobaynida ularga tulanadigan oylik maoshlar ushbu valyuta xisob raqamiga kelib tushadi, bundan tashqari, undan fuqarolarimiz faqatgina uzlari foydalanish xuquqiga ega buladilar. Oylik maoshlar fuqarolarimiz va Koreya davlatining ish beruvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddati tugugunga va fuqarolarni uzlari utkazmagunga qadar Uzbekiston Respublikasi xududidagi banklarga kelib tushmaydi. Bu valyuta xisob raqamlarini ochilishi va uning faolityatini amalga oshirish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining mehnat faoliyatiga oid emas, bu jarayonlarda agentlik ishtirok etmaydi.

 

 

YANGILIKLAR KALENDARI

« January 2017 »
Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Manzil:  Toshkent shahri 100179, Olmazor tumani, Qamarniso ko'chasi, 1-uy
Migratsiya bo’limi: (+998 71) 214-47-29, 214-51-87
Umumiy bo’lim telefon raqami: (+998 71) 214-30-76
Yuridik bo’lim telefon raqami: (+998 71) 214-54-36
Fax: (+99871) 214 34 85
E-mail: info@migration.uz

Saytdagi foydalanuvchilar

Хозир 1132  мехмон ва фойдаланувчи йук онлайн

Go to top