JSN Gruve - шаблон joomla Окна

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI                               
TASHQI MEHNAT MIGRATSIYA MASALALARI AGENTLIGI        

                 Call - markaz:  (+998 71) 200-00-61
                      Umumiy bo’lim: (+998 71) 214-30-76 
                        Yuridik bo’lim: (+998 71) 214-54-36

MOSLASHTIRISH VA UKITISH FILIALI
MOSLASHTIRISH VA O'QITISH FILIALI
TOSHKENT FILIALI
TOSHKENT FILIALI
FARGONA FILIALI
FARGONA FILIALI
BUXORO FILIALI
BUXORO FILIALI
QARSHI FILIALI
QARSHI FILIALI
NUKUS FILIALI
NUKUS FILIALI
Items filtered by date: Август 2016 - TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASI MASALALARI AGENTLIGI

Koreya Respublikasining O’zbekistondagi e‘lchihonasi qoshidagi Ta’lim Markazi. manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Tolimarjon kuchasi, 3-uy.(mo'ljal: Elektroapparat zavodi yoki Furqat bog'i yaqinida)

Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tamomlab, qaytib kelgan fuqarolar uchun 2016 yil 16 avgust kunidan boshlab bo’lib o’tadigan test sinovlari to‘g‘risida e’lon

 

            O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan “Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Memorandumga muvofiq, Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tamomlab, qaytib kelgan fuqarolar uchun Koreya tomonidan taqdim etilgan RO‘YXATGA ASOSAN 2016 yil 16 avgust kunidan boshlab bo’lib o’tadigan test sinovlarida qatnashish uchun onlayn ro‘yxatga olish jarayoni o‘tkaziladi.

            Koreyaning inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan Erkin yollash tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan kompyuter test sinovlaridan faqatgina muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni Koreya ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

 

1.Test o‘tkazish jadvali

 

1.Birinchi qism (35 nafar)

- Kirish vaqti: 08.00 – 10.00

- Test vaqti: 10.00 – 11.10

 

2.Ikkinchi qismi (35 nafar)

- Kirish vaqti: 12.00 – 13.00

- Test vaqti: 13.00 – 14.10

 

3.Uchinchi qismi (35 nafar)

- Kirish vaqti: 14.20 – 15.00

- Test vaqti: 15.00 – 16.10

 

*Zaruriyat tug’ilganda test sinovlari dasturiga Koreyaning inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

 

  1. Yo‘nalishlar: ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi/chorvachilik, qurilish, baliqchilik, xizmat ko‘rsatish

 

* Agar nomzodlar bir yildan kam ishlamagan oxirgi ish joyidan tavsiya qilingan bo’lsa, u holda avval ishlagan sohasini belgilashlari lozim

 

  1. Testdan o‘tuvchi taxminiy nomzodlar soni e’lon qilinadi.
  • Har bir yo‘nalish bo‘yicha 80 balldan 200 ballgacha to‘plagan balliga ko‘ra, testdan o‘tuvchi taxminiy nomzodlar soni test natijalari ma’lum bo’lgandan so’ng e’lon qilinadi.

 

  1. Koreys tili bo’yicha testda qatnashuvchi nomzodga qo’yiladigan talab:

 

  • 2010 yil 1 yanvardan keyin Koreya Respublikasidan qaytib kelgan fuqarolar
  • Yoshi 18 dan 39 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar;
  • 1976 yil 23 iyuldan 1998 yil 22 iyul oralig‘ida tug‘ilganlar;
  • Muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagan fuqarolar;
  • Koreya Respublikasidan deport qilinmagan yoki deport qilinganligi to‘g‘risida buyrug‘i bo‘lmagan fuqarolar;
  • Koreya Respublikasida doimiy yashash va ish joyini tashlab ketish maqsadi bo‘lmagan fuqarolar.

 

5.Ro‘yxatga olish jarayoni

 

Koreya tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan 2016 yil 21-23 iyul soat 08-00 dan soat             18-00 qadar Agentlikning rasmiy veb sayti www.migration.uz orqali onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Qayd etilgan sanadan boshqa kunlari ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud emas.  

 

Ro’yhatga olish jarayonining tartibi:

 

Ro’yhatdagi fuqarolar o’z ism sharifi ustiga (tugmachani) bosib 1-sahifada majburiyat bilan tanishib, rozilik bildirib tasdiqlagan taqdirda 2-sahifaga o’tishlari mumkun bo’ladi.

 

  • 2-sahifada fuqaro o’z shahsiga oid ma’lumotlarni kiritishi hamda fuqarolik pasportining laminant qismini hamda fotosurat namunada ko’rsatilgandek yuklashi lozim. So’rovnomaning to’ldirilishi, passport va rasmni to’g’ri yuklanishiga har bir nomzod shahsan o’zi mas’ul va javobgar (noto’g’ri to’ldirilgan va yuklangan ma’lumotlar ro’yhatdan chiqariladi hamda ushbu nomzod testga kiritilmaydi).
  • So’rovnoma to’liq to’ldirilgandan so’ng yuborish tugmasini bosiladi va fuqaroning so’rovnomasi agentlikka electron tarzda kelib tushadi.
  • migration.uz sayti orqali muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar faqatgina 2016 yil 27-28 iyul kunlari Toshkent shahar va viloyatlarda joylashgan “Milliy bank”ning markaziy shahobchalari orqali Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Tashqi iqtisodiyot faoliyati Milliy banki bosh amaliyot bo`limidagi maxsus 20210000600431202003 sonli hisob raqamiga (MFO  00407, INN 201121089, OKONX 97111)Koreya Respublikasi bilan imzolangan kelishuvda belgilangan 24 AQSh dollari (Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasida o'rnatillgan qo'shimcha soliqlar ham to'lanadi) miqdoridagi mablag`ni milliy valyuta so`mdagi qiymatini to`lov kundagi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Markaziy bankining rasmiy kursi boyicha to`lashlari va to`lov maqsadida har bir fuqaro o`zining Familiya Ismi SHarifini to`gri va to`liq hamda pasport seriyasi va raqamini to`liq ko`rsatishlari lozim.
  • belgilangan to‘lovni amalga oshirgan fuqarolar ro‘yxati Milliy bank tomonidan taqdim etilgandan so‘ng migration.uz  saytida test sinoviga kirish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati va testga kirish uchun ruxsatnoma raqamlari beriladi.
  • Testga kirish uchun ruxsatnoma raqamini olgan fuqarolar uchun 2016 yil 16 avgustdan boshlab test sinovlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Eslatma: fuqarolar so’rovnomani to’ldirish vaqtida rasm va pasportning laminant qismini qat’iy namunada ko’rsatilgandek yuklashlari va hatolikka yo’l qoymasliklari lozim. Aks holda online ro’yhatga olish jarayonidan o’ta olmagan deb topiladi. Shuningdek, faqatgina ro’yhatda keltirib o’tilgan fuqarolargina qatnashishlari lozim.

 

  1. a) So’rovnoma to’ldiruvchi nomzodning rasmi 3.5smx4.5sm o’lchamida skanerqilingan va nomzodning rasmi oxirgi 6 oy ichida tushilgan,  JPG formatida yuklanadi, agarda rasm aniq korinmasa so’rovnoma to’ldiruvchi testda qatnasha olmaydi (telefon orqal suratga olingan rasmlar qabul qilinmaydi) (Rasm faylini tayyorlash namuna)
  2. b)  Pasport yuklash jarayonida nomzodning pasport nusxasi, pasportning rasmli “laminat” qismi skaner qilingan JPG formatda  yuklanishi shart  (telefon orqali suratga olingan pasport nushalari qabul qilinmaydi)(Pasport fayl tayyorlash namuna)

 

  1. 6. Testdan o‘tish tartibi

 

Test qismlari

Savollar soni

Umumiy ball

Ajratilgan vaqt

O‘qish qismi

Tinglash qismi

Jami

25

25

50

100

100

200

40 daqiqa

30 daqiqa

70 daqiqa

 

Test tuzilmasi/ ballarni taqsimlash;

- Bir nechta javob variantlari;

-Tinglash va o‘qish topshiriqlari o‘rtasida tanaffus berilmaydi.

-Barcha test savollari Koreyaning Bandlikka ruxsat berish tizimining koreys tili bo‘yicha test sinovlarining yopiq savollar bazasidan standart darsligidan olinadi.

       

 Test o‘tkaziladigan kuni nomzodlar quyidagilarga ega bo‘lishlari lozim:

  • testga kirish uchun ruxsatnoma (ruxsatnoma ro‘yxatga olingan nomzodlarga beriladi)

                        fuqarolik pasporti (nomzod fuqarolik pasportisiz test topshirishga kiritilmaydi);

  • barcha nomzodlar fuqarolik pasportlarini olib kelishlari zarur ushbu fuqarolik pasporti ro‘xatga olish jarayonida taqdim etilgan  fuqarolik pasport nusxasiga mos kelishi zarur

 

7.Test natijalari bo‘yicha e’lon

 

- E’lon sanasi 2016 yil 20 sentyabr.

- Agentlikning veb sayti www/migration.uz

- Koreyaning Bandlikka ruxsat berish tizimi sayti (http://www.eps.go.kr)

- Koreyaning Bandlikka ruxsat berish tizimi – koreys tilidagi test sinovlari bo‘yicha sayti (http://epstopik.hrdkorea.or.kr)

 

  • Test sinovlari natijasi ikki yil muddat davomida ya’ni test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab kuchga ega.

 

Boshqa ma’lumotlar

Nomzodlar testga uyali telefon, elektron lug‘at, MP3 moslama va boshqa ruxsat etilmagan vositalarni olib kirishlari man etiladi.

 

Test davomida birovdan ko‘chirib o‘tirgan nomzod aniqlansa, va test tartiblariga rioya qilmasa u testdan chiqarib yuboriladi va 2 yil davomida qayta testda qatnashishi uchun xujjatlari qabul qilinmaydi.

Nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (familiyasi, ismi, tug‘ilgan sanasi) pasportidagi ma’lumotlar bilan mos kelishi lozim. Aks xolda nomzod testdan o‘tgan taqdirda ham unga Koreyaga kirishga ruxsat etilmaydi.

 

Nomzodning testdan muvaffaqiyatli o‘tishi uni Koreya Respublikasiga ishga yuborilishini kafolatlamaydi.

Nomzodning testdan muvaffaqiyatli o‘tishi Erkin yollash tizimi bo‘yicha ro‘yxatga olish shartlaridan birini bajargan xisoblanadi.

Agar nomzod tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha nosog‘lom deb topilsa yoki u Koreyada noqonuniy bo‘lganligi ma’lum bo‘lsa, u holda nomzod Koreya Respublikasiga ishga qabul qilinmaydi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan “Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Memorandumga muvofiq hamkorlik qilish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatiga yuklatilgan.

Xususiy firmalar va o‘quv muassasalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreya Respublikasida ishga joylashtirish jarayoniga aralashishlari ta’qiqlanadi. Mazkur aniqlangan taqdirda bu tashkilotlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidagi belgilangan choralar ko‘riladi.

 

Nazorat qilish: Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vazirligi

Tashkillashtirish: Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati

Hamkorlik qilish: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi 

 

Ma’lumotlar uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining quyidagi telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin: 0371-214-30-76, 0371-200-00-61.


Koreys tili bo'yicha test sinovlari 2016 yil 16 avgustdan 24 avgustga qadar
Koreya Respublikasining O’zbekistondagi e‘lchihonasi qoshidagi Ta’lim Markazi binosida bo'lib o'tadi. manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Tolimarjon kuchasi, 3-uy.(mo'ljal: Elektroapparat zavodi yoki Furqat bog'i yaqinida)
Published in Test Sinovlari

Қуйида Исми Фамилияси келтирилган фуқаролар диққатига:

2016 йил 27-28 июл кунлари Корея Республикасининг бандликка руҳсат бериш тизими бўйича бўлиб ўтадиган корейс тилидан тест синовларида қатнашиш учун Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг расмий курси бўйича 24 АҚШ долларига тенг миқдорда, сўмда тўловни амалга ошириб,, ҚҚС (қўшимча қиймат солиғи)ни хисобга олмаган холда тўловни амалга оширганлар. Белгиланган тартибда тўловни тўлиқ амалга ошириш учун, қўшимча расмий курс бўйича 6 АҚШ долларига тенг миқдорда, сўмда қуйидаги хисоб рақамга тўлашингизни сўраймиз:

Ташқи мехнат миграцияси масалалари Агентлиги:

Хисоб рақам: 2021 0000 6004 3120 2003  

Банк коди: МФО 00407 , СТИР 201 121 089.

Тўлов мақсади: тестда қатнашиш учун ((паспортнинг расм томонидаги инглиз тилидаги ёзувида) ФАМИЛИЯСИ, ИСМИ, ТУҒИЛГАН САНАСИ, ПАСПОРТ СЕРИЯСИ ВА РАҚАМИ, ким томонидан ва қачон берилганлиги  тўлиқ ёзилган кўринишда,)

 

Published in Test Sinovlari
KOREYANING INSON RESURSLARINI RIVOJLANTIRSH XIZMATI TOMONIDAN   BERILGAN QUYIDAGI RUYXATDA ISMI - SHARIFLARI BERILGAN FUQAROLAR PASPORTI BILAN QUYIDAGI MANZILGA  BORISHLARI LOZIM.KOREYA RESPUBLIKASINING O’ZBEKISTONDAGI E‘LCHIHONASI QOSHIDAGI TA’LIM MARKAZI. MANZIL: TOSHKENT SHAHAR, MIROBOD TUMANI, TOLIMARJON KUCHASI, 3-UY.(MO'LJAL: ELEKTROAPPARAT ZAVODI YOKI FURQAT BOG'I)
Published in Test Sinovlari

Manzil:  Toshkent shahri 100179, Olmazor tumani, Qamarniso ko'chasi, 1-uy
Migratsiya bo’limi: (+998 71) 214-47-29, 214-51-87
Umumiy bo’lim telefon raqami: (+998 71) 214-30-76
Yuridik bo’lim telefon raqami: (+998 71) 214-54-36
Fax: (+99871) 214 34 85
E-mail: info@migration.uz

Saytdagi foydalanuvchilar

Хозир 1143  мехмон ва фойдаланувчи йук онлайн

Go to top